«O‘zbekiston temir yo‘llari» xodimi ikki qizni qutqardi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xodimi ikki qizni qutqardi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xodimi ikki qizni qutqardi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasining «Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» filiali xodimi Toshkent shahrida ikki nafar qizni suvdan qutqarib qoldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 9 iyun kuni poytaxtning Sergeli tumanida, Qorasuv kanali yaqinida sodir bo‘lgan. Shu vaqtda 20-sex mexanizatsiyalashgan brigadasi yo‘l montyori Aʼzam Ibragimov xizmat vazifalarini bajarayotgan bo‘lgan.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, u suvda oqim olib ketgan ikki nafar qizni ko‘rib qolgan va zudlik bilan kanalga tushib, bolalarni qutqargan.

Qayd etilishicha, voqeadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan video tarqalgan bo‘lib, unda kanal ustidagi ko‘prik yaqinidagi xavfli hudud ham ko‘rsatilgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari»da taʼkidlanishicha, Aʼzam Ibragimov ko‘rsatgan jasorati va tezkor harakatlari uchun tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi hamda pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling