Turkiyada yashiringan gumonlanuvchi O‘zbekistonda ushlandi

Turkiyada yashiringan gumonlanuvchi O‘zbekistonda ushlandi

Turkiyada yashiringan gumonlanuvchi O‘zbekistonda ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ichki ishlar vazirligining Tezkor-qidiruv departamenti hamda Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 1995 yilda tug‘ilgan ayolning qayerda ekani aniqlandi.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, u avvalroq Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgach, mamlakatni tark etgan va Turkiya hududida, Istanbul shahrida yashiringan.

Maʼlum qilinishicha, u 2025 yilda sheriklari bilan til biriktirgan holda bir necha ayolni pul evaziga jinsiy xizmat ko‘rsatishga majbur qilganlikda gumon qilinmoqda.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Toshkent xalqaro aeroportida bir necha ayolni keyinchalik ekspluatatsiya qilish maqsadida Toshkentdan Istanbulga jo‘natishga urinayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling