Valyuta kurslari 10/12/2024
$1 – 12861.25
UZS – 0,19%
€1 – 13603.34
UZS – 0,64%
₽1 – 128.41
UZS – 3,04%
Qidirish
O‘zbekiston 11/11/2024 O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoniga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoniga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi.

Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz timsolida Ar-Riyod viloyati rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling