Guliston tumanida chiyabo‘ri mahalliy aholiga hujum qildi

Guliston tumanida chiyabo‘ri mahalliy aholiga hujum qildi

Guliston tumanida chiyabo‘ri mahalliy aholiga hujum qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyati Guliston tumanida yovvoyi hayvonning mahalliy aholiga hujum qilishi holati qayd etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, 9 iyun kuni soat taxminan 17:30 larda “Ishonch” mahallasi yaqinidagi dala hududida chiyabo‘ri tumanning to‘rt nafar fuqarosiga hujum qilgan.

Qayd etilishicha, mahalliy aholidan biri tezkor chora ko‘rgan va natijada hayvon zararsizlantirilib, xavf bartaraf etilgan.

Jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ular shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling