SamFerre Suriya bozoriga kirish bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi

SamFerre Suriya bozoriga kirish bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi

SamFerre Suriya bozoriga kirish bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Suriya Arab Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan Suriya–O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “SamFerre” korxonasi tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini Suriya bozoriga yetkazib berish, savdo aloqalarini kengaytirish hamda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Memorandumning imzolanishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish va O‘zbekiston elektrotexnika sanoati mahsulotlariga yangi savdo yo‘nalishlarini ochishda muhim qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling