Henkel O'zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni o'rganmoqda

Henkel O'zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni o'rganmoqda

Henkel O'zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni o'rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 19 may kuni Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Germaniyaning Henkel AG & Co. kompaniyasi vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Agentlik direktori mamlakatimizda tibbiyot, farmatsevtika va kosmetika sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Bio Pharma City” (Tashkent Pharma Park) farmatsevtika klasteri doirasida shakllantirilayotgan biofarmatsevtika va kosmetika ekotizimi, erkin iqtisodiy zona imkoniyatlari, mahalliylashtirish jarayonlari hamda xalqaro investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Kompaniya vakili O‘zbekiston bozorining yuqori salohiyatga ega ekanligini taʼkidlab, kosmetika, shaxsiy parvarish vositalari va maishiy kimyo mahsulotlari sohasida mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, taʼminot zanjirini rivojlantirish hamda mintaqaviy eksport imkoniyatlari yuzasidan qiziqish bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda “Bio Pharma City” (Tashkent Pharma Park) farmatsevtika klasteri hududida kosmetika va tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va taʼlim yo‘nalishlarida hamkorlik qilish, ekologik standartlar hamda barqaror ishlab chiqarish tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kosmetika, farmatsevtika va tibbiyot sohalarida hamkorlikni yana-da kengaytirish, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish, shuningdek, texnik darajadagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling