Xusanov «Manchester Siti» mavsum futbolchisi nomzodi bo‘ldi

Xusanov «Manchester Siti» mavsum futbolchisi nomzodi bo‘ldi

Xusanov «Manchester Siti» mavsum futbolchisi nomzodi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Xusanov Angliyaning «Manchester Siti» futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga daʼvogarlar yakuniy uchligiga kiritildi. Bu haqda klubning o‘zi mavsum yakunlari bo‘yicha nomzodlarning so‘nggi ro‘yxatini eʼlon qilib maʼlum qildi.

Short-listdan, shuningdek, yarim himoyachi Niko O‘Rayli va vinger Jeremi Doku ham o‘rin oldi. Dastlab ovoz berish jarayonida jamoaning barcha futbolchilari ishtirok etgan, keyinchalik saralash natijasida mukofot uchun uchta asosiy nomzod aniqlangan.

Qayd etilishicha, Xusanov avvalroq «Manchester Siti» tarkibida uch marta oy futbolchisi deb topilgan. U 2025 yil fevral oyida, shuningdek 2026 yil yanvar va mart oylarida ushbu unvonga sazovor bo‘lgan. Bu natijalar uni mavsumning yakuniy individual mukofoti uchun daʼvogarlar qatoriga kiritishdagi omillardan biri bo‘ldi.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi klubning butun mavsum yakunlari bo‘yicha asosiy individual sovrini uchun kurash olib boradi. Muxlislar «Manchester Siti»ning rasmiy manbalari orqali ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin.

#Abduqodir Husanov  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling