VIZA LAB xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi

VIZA LAB xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi

VIZA LAB xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish uchun «VIZA LAB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» MCHJga berilgan litsenziya amal qilishi to‘xtatilganini maʼlum qildi.

Idora maʼlumotiga ko‘ra, kompaniyaga 2025 yil 29 iyul kuni berilgan №926213-sonli litsenziya agentlikning o‘zi tomonidan 2026 yil 29 may kuni taqdim etilgan ariza asosida bekor qilingan.

Migratsiya agentligi O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, kompaniya endilikda fuqarolarni mamlakat tashqarisida ishga joylashtirish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega emasligini eslatdi.

«VIZA LAB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» MCHJ faoliyati bilan bog‘liq murojaat, eʼtiroz yoki shikoyatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarga ularni joriy yilning 3 iyuliga qadar Migratsiya agentligiga yuborish tavsiya etildi.

Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun idora maxsus aloqa kanallarini ochgan. Murojaatlar 71 202 33 55 telefon raqami, shuningdek 171 va 711 qisqa raqamlari orqali qabul qilinadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling