O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 5,8 foizga oshdi

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 5,8 foizga oshdi

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 5,8 foizga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026 yil yanvar–may oylarida elektr energiyasi ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga oshdi. Bu haqda respublika Energetika vazirligi xabar qildi.

Ko‘rsatilgan davr mobaynida mamlakatda 37 milliard 684,2 million kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2 milliard 57,8 million kVt⋅soatga ko‘pdir.

Shu davrda elektr energiyasi isteʼmoli 36 milliard 317,4 million kVt⋅soatni tashkil etdi. Bu 2025 yil yanvar–may oylariga nisbatan 1,3 milliard kVt⋅soat yoki 3,8 foizga ko‘pdir.

Shuningdek, 2026 yil may oyidagi ko‘rsatkichlar ham alohida qayd etildi. Ushbu oyda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 7 milliard 15,7 million kVt⋅soatni tashkil qilib, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 3,7 foizga o‘sdi.

May oyida elektr energiyasi isteʼmoli 6 milliard 782,6 million kVt⋅soatga yetdi. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 0,1 foizga oshgan.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling