Samarqand viloyati AQSh diasporasi bilan loyihalarni muhokama qilmoqda
Samarqand viloyati AQSh diasporasi bilan loyihalarni muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSHning Nyu-York shtatida tashkil etilgan biznes forum doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiyaning vatandoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda AQShda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, logistika habini tashkil etish orqali eksport hajmini ko‘paytirish hamda hududning turizm sohasidagi imkoniyatlari, sayyohlar uchun zamonaviy avtomobillar ijarasini yo‘lga qo‘yish, IT park negizida qo‘shimcha xizmatlarni rivojlantirish evaziga yangi ish o‘rinlari yaratish, AQSh bilan savdo aloqalarini kengaytirish uchun logistika yechimlarini beradigan loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Viloyat rahbari Samarqandda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, infratuzilmaning izchil rivojlanayotgani hamda yangi loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlarga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, xorijdagi vatag‘doshlarning bilim va tajribasidan samarali foydalanish, ularni hudud iqtisodiyotiga jalb qilish muhim ekanligi taʼkidlandi.
Muloqotlar davomida ishtirokchilar yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflarini bildirishdi. Tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan galdagi vazifalarni belgilab olishdi.