Andijonda “Energosavdo” yuriskonsulti pora bilan ushlandi

Andijonda “Energosavdo” yuriskonsulti pora bilan ushlandi

Andijonda “Energosavdo” yuriskonsulti pora bilan ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning “Energosavdo” filiali hududiy bo‘linmasi yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlum qildi.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, yuridik xizmat xodimi pishloq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish haqidagi dalolatnoma va 788,4 million so‘m miqdorida hisoblangan zarar masalasini hal qilish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.

Aniqlanishicha, 1 may kuni u talab qilingan pulning bir qismi — 500 AQSH dollarini olgan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida yuriskonsult qolgan 4 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarga bunday huquqbuzarliklar haqida Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqami orqali xabar berish mumkinligini eslatdi. Shu bilan birga, murojaatlar maxfiyligi kafolatlanishi taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling