O‘zbekiston va Fransiya mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va Fransiya mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va Fransiya mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Fransiya Respublikasi Qurolli kuchlar vaziri delegati Alis Rufo bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi xavfsizlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik masalalarini batafsil ko‘rib chiqdi. Uchrashuv ishtirokchilari bugungi kunda idoralararo hamkorlik tezkor faoliyat va resurslar nuqtai nazaridan sezilarli natijalar berayotganini taʼkidladilar.

Suhbat yakunida tomonlar sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etdilar. O‘zbekiston va Fransiya mintaqaviy xavfsizlik hamda mudofaa salohiyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha muntazam muloqotni chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan umumiy intilishga ega ekanini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling