Oʻzbekiston va Janubiy Koreya yirik forumlarga tayyorgarlik koʻrmoqda
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya yirik forumlarga tayyorgarlik koʻrmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va resurslar vazirligi (MOTIR) Xalqaro savdo aloqalari byurosi rahbari Be Junxyon janoblari bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida tomonlar oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildilar.
Joriy yilning 16-17-sentabr kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan bo‘lg‘usi "Markaziy Osiyo + Koreya" sammitining savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy kun tartibini puxta va sifatli tayyorlash muhimligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etiladigan O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi oldidan ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari ko‘rib chiqildi.