Oʻzbekiston va Kaliningrad viloyati oʻrtasidagi aloqalar kengayib bormoqda
Oʻzbekiston va Kaliningrad viloyati oʻrtasidagi aloqalar kengayib bormoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Kaliningrad viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Valeriy Sherin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hududlararo hamkorlikning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, sanoat kooperatsiyasi, logistika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va boshqa istiqbolli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, hududlararo hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zaro tashriflar va biznes-missiyalarni muntazam tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.