O‘zbekiston U17 Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni oldi

O‘zbekiston U17 Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni oldi

O‘zbekiston U17 Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vyetnamda o‘tayotgan sport kurashi bo‘yicha U17 Osiyo chempionatida O‘zbekistonning grek-rim kurashi terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Navbatdagi musobaqa kunida O‘zbekiston vakillari grek-rim va ayollar kurashi yo‘nalishlarida jami beshta medalni qo‘lga kiritdi. Ular orasida bitta oltin, bitta kumush va uchta bronza medali bor.

80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Abdulaziz Xolmirzayev Osiyo chempioni bo‘ldi. 65 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Sardor Maxmudov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning bronza sovrindorlari sifatida Kodirjon Fozilov (71 kg gacha), Zaytuna Saparova (40 kg gacha) va Siysagul Sarsenbayeva (61 kg gacha) qayd etildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning grek-rim kurashi bo‘yicha terma jamoasi 161 ochko to‘plab, jamoaviy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling