Oʻzbekiston va Bamiyan kartoshka klasterini rivojlantirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Bamiyan kartoshka klasterini rivojlantirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Bamiyan kartoshka klasterini rivojlantirish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tashrif dasturining ikkinchi kunida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonning Bomiyon viloyatiga tashrif buyurib, viloyat hokimi Qori Gul Haydar Shafaq bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda kartoshka yetishtirish, uni O‘zbekistonga import qilish hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, qariyb 500 ming aholi yashaydigan Bomiyon viloyati aholisining 80 foizi kartoshkachilik bilan shug‘ullanadi. Hudud Afg‘onistonning kartoshka yetishtirish bo‘yicha asosiy markazlaridan biri hisoblanadi.

Tomonlar kartoshkachilik sohasida klaster tizimini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ham ko‘rib chiqdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan kartoshka urug‘lari yetkazib berilib, hosil pishib yetilgandan keyin mahsulotni kafolatli sotib olish mexanizmi joriy etilishi taklif qilindi.

Mazkur tizim orqali O‘zbekistonga har yili kamida 50 ming tonnadan 300 ming tonnagacha arzon va sifatli kartoshka import qilish imkoniyatini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Bomiyon viloyatida mevalarni yig‘ish, mineral o‘g‘itlarni saqlash va eksport qilishga mo‘ljallangan zamonaviy ombor tashkil etish hamda mahalliy dehqonlarni O‘zbekistonda malaka oshirish dasturlariga jalb qilish takliflari ilgari surildi.

Bomiyon viloyati hokimi mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling