“Trastbank” ustav kapitalini 1 trln so‘mga oshiradi

“Trastbank” ustav kapitalini 1 trln so‘mga oshiradi

“Trastbank” ustav kapitalini 1 trln so‘mga oshiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 2 may kuni “Trastbank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda foydani taqsimlash va bank kapitalini oshirishga oid qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha har bir aksiya uchun 1 000 so‘m miqdorida dividend to‘lash tasdiqlandi.

Shu bilan birga, oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend hisoblamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Asosiy qarorlardan biri sifatida bankning ustav kapitalini o‘z mablag‘lari hisobidan 1,0 trln so‘mga oshirish maʼqullandi.

Ushbu chora doirasida 1:1 nisbatda kapitalizatsiya amalga oshiriladi. Bu aksiyadorlarda mavjud har bir aksiya uchun bittadan qo‘shimcha aksiya chiqarilishini nazarda tutadi.

Qo‘shimcha aksiyalarni taqsimlash uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi bank Kuzatuv kengashining tegishli qarori qabul qilinganidan keyin belgilanadi.

Qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi jarayonini joriy yil yakuniga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling