Valyuta kurslari 28/04/2025
$1 – 12957.14
UZS – 0,23%
€1 – 14702.47
UZS – -0,1%
₽1 – 156.56
UZS – 0,53%
Qidirish
O‘zbekiston 26/03/2025 Senatda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Senatda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 26-mart kuni Senat Raisi Tanzila Narbayeva Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Senatda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani qayd etilib, istiqboldagi loyihalar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida taʼlim, sog‘liqni saqlash, savdo, iqtisodiyot va investitsiya loyihalarini yana-da kengaytirish, bu borada hududlararo hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish va keng ko‘lamdagi qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, yurtimizda tashkil etiladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi samarali bo‘lishida Koreya parlamenti delegatsiyasi ham o‘z hissasini qo‘shishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling