Qo‘qonda kriptooperatsiyalarda gumonlanganlar ushlandi
Qo‘qonda kriptooperatsiyalarda gumonlanganlar ushlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida kriptoaktivlarning noqonuniy muomalasida gumonlanayotgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Birinchi holatda mahalliy fuqaro kriptobirjalarda ro‘yxatdan o‘tib, 2024 yil aprel oyidan buyon kriptoaktivlar ayirboshlash bilan shug‘ullangani aniqlangan. Operatsiyalar umumiy hajmi 1 milliard 90,6 million so‘mni tashkil etgan. Unga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tayinlangan.
Ikkinchi holatda tezkor tadbir davomida yana bir Qo‘qonlik fuqaro ushlangan. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, u kriptoaktivlar bilan 12,5 milliard so‘mga teng operatsiyalarni amalga oshirgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.