Ibrohimxalil Yo‘ldoshev jarohat sabab JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev jarohat sabab JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ibroximxalil Yo‘ldoshev jarohat sabab 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, mashg‘ulot vaqtida 25 yoshli futbolchi to‘piq sohasida noqulaylik sezgan. Birlamchi tibbiy tekshiruv va klinik ko‘rik natijalariga ko‘ra, unda avvalgi jarohatning kuchayishi aniqlangan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlumotiga ko‘ra, futbolchining tiklanishi uchun bir oydan ortiq vaqt talab etiladi. Shu sababli u jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. Assotsiatsiya futbolchiga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
2026 FIFA World Cup 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Qurʼa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi K guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, u yerda Portugaliya, DR Kongo va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.