O‘zbekiston va ICCROM madaniy hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va ICCROM madaniy hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va ICCROM madaniy hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Madaniy qadriyatlarni saqlash va restavratsiya qilish masalalarini o‘rganish xalqaro markazi (ICCROM) bosh direktori Aruna Francheska Mariya Gujral bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida ICCROM rahbari O‘zbekistonning 2024 yilda tashkilotga aʼzo bo‘lganidan mamnunligini bildirdi hamda respublika bilan o‘zaro anglashuv memorandumi qisqa muddatda imzolanganini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu madaniy meros sohasiga qaratilayotgan yuqori eʼtibor va amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligidan dalolat beradi.

Tomonlar ICCROM tomonidan Samarqand viloyatida amalga oshirilgan tadbirlar, shuningdek, O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi bilan olib borilayotgan hamkorlikni muhokama qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosining xalqaro hamjamiyat uchun ahamiyati alohida qayd etildi. Aruna Gujral joriy yilda O‘zbekistonga tashrif buyurish niyati borligini maʼlum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling