O‘zbekiston delegatsiyasi Kaadan Cables korxonasi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Kaadan Cables korxonasi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Kaadan Cables korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Suriyaga tashrifi davomida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatning eng yirik kabel ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Kaadan Cables kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Korxonada har oy 150 tonnaga yaqin mis xomashyosi qayta ishlanib, 20 ga yaqin turdagi tayyor kabel va sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Tashrif chog‘ida delegatsiya aʼzolari korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalari hamda eksportbop mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi.

Kaadan Cables — 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Suriyada elektr kabellari va sanoat simlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Korxonada 400 dan ortiq xodim mehnat qiladi va mahsulotlar nafaqat ichki bozorga, balki Yaqin Sharq davlatlariga ham eksport qilinadi.

Muzokaralar davomida elektrotexnika sohasida hamkorlikni rivojlantirish, kabel mahsulotlarini yetkazib berish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling