Oʻzbekistonda bojxona toʻlovlarini hisoblash tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekistonda bojxona toʻlovlarini hisoblash tartibi tasdiqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan "Bojxona hududida qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va ular bo‘yicha bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizom bojxona hududida qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va ular bo‘yicha bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, qayta ishlanadigan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda import bojxona boji qayta ishlash uchun olib kirilgan xomashyo va materiallarning bojxona qiymatidan va qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan miqdoridan (sonidan) hisoblanadi.
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar qayta ishlanadigan mahsulotlariga nisbatan qo‘llanadi.
JST bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan tayyor mahsulotlar uchun bojxona boji summasidan ko‘ra ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo va materiallar importi uchun undiriladigan bojxona boji
summasi balandroq hisoblanadigan tovarlar ro‘yxati manfaatdor vazirlik va idoralar takliflariga asosan shakllantiriladi.
Mazkur Nizom tajriba-sinov tariqasida 2027 yil 1 martga qadar amal qiladi.