Oʻzbekiston va XMT Jenevada mehnat islohotlarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va XMT Jenevada mehnat islohotlarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va XMT Jenevada mehnat islohotlarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jeneva shahridagi Xalqaro mehnat konferensiyasi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat sohasidagi fundamental prinsiplar va huquqlar departamenti (FUNDAMENTALS) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekistonda mehnat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sheriklik institutlarini mustahkamlash hamda munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida “8.7 Alyansi” tashabbusi doirasida O‘zbekistonning ishtiroki, majburiy va bolalar mehnatini bartaraf etish, xavfsiz migratsiya hamda odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha milliy “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish jarayoni yuzasidan ham fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling