Oʻzbekiston va Xitoy yashil energiya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Xitoy yashil energiya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Xitoy yashil energiya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21-22-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida boʻlib oʻtgan “3-Xitoy–Oʻzbekiston mintaqalararo hamkorlik forumi”da Energetika vazirligi delegatsiyasi faol ishtirok etdi.

Forum doirasida Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda Xitoyning “Inner Mongolia Technology University” va “China Datang Corporation” kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga xizmat qiladi.

Forum davomida tomonlar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, investitsiya loyihalarni kengaytirish va xalqaro tajriba almashish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Ushbu forum va uning doirasida erishilgan kelishuvlar energetika sohasida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling