Valyuta kurslari 10/12/2024
$1 – 12861.25
UZS – 0,19%
€1 – 13603.34
UZS – 0,64%
₽1 – 128.41
UZS – 3,04%
Qidirish
Iqtisod 11/11/2024 Oʻzbekiston aholisi 8,9 milliard soʻmga “yashil” elektr energiyasini sotdi

 Oʻzbekiston aholisi 8,9 milliard soʻmga “yashil” elektr energiyasini sotdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
  • Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.

Subsidiyani “Soliq z mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling