Valyuta kurslari 12/12/2024
$1 – 12865.66
UZS – -0,06%
€1 – 13510.23
UZS – -0,36%
₽1 – 125.14
UZS – -2,39%
Qidirish
Iqtisod 10/11/2024 «Masdar» kompaniyasi loyihalariga mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish muhokama qilindi

 «Masdar» kompaniyasi loyihalariga mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yashil energiya manbalari texnologiyalarini yurtimizda joriy etish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda dunyoning «Masdar», «Acwa Power» kabi yetakchi xorijiy kompaniyalarining investitsion loyihalari doirasida quyosh panellari, shamol generatorlari stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu turdagi stansiyalarni yurtimizda qurish ishlariga «Masdar» kompaniyasi ham jalb qilingan. Kuni kecha «O’zeltexsanoat» uyushmasida ushbu kompaniya vakili bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda respublikamizda shamol, quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlari qurilishlariga mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan mahsulotlar yetkazib berish muhokama qilindi.

Shuningdek, xorijiy kompaniya loyihalarini amalga oshirishda uyushma mutaxassislari bilan hamkorlik qilish bo’yicha ham fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2030-yilgacha yashil elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 27 Gigavattga yetkazish vazifasi qo’yilgan.

Umuman yurtimizda amalga oshiriladigan yashil energetika loyihalari uchun $ 500 mln dollarlik kabel-sim mahsulotlariga ehtiyoj borligi aytilgan.

Uyushma bu kabi ko’rsatmalardan kelib chiqqan holda «Masdar», «Acwa Power» va boshqa shu kabi kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishda davom etadi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling