Eron hududi orqali yuk tashuvlarida qulay sharoit yaratish masalasi muhokama etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari Said Rasuliy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasida hamkorlik aloqalarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.
Xususan, Eron hududi orqali mamlakatimiz eksport va import yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq jihatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, o‘zbek tadbirkorlari va milliy tashuvchilarining Eron portlari infratuzilmasidan foydalanish masalalari Bandar-Abbos porti rahbari Abbos Najod bilan muhokama etildi.