Valyuta kurslari 29/04/2025
$1 – 12948.10
UZS – -0,07%
€1 – 14696.09
UZS – -0,04%
₽1 – 156.93
UZS – 0,24%
Qidirish
Iqtisod 29/04/2025 “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li muhim obyektlari qurilishi boshlandi

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li muhim obyektlari qurilishi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni damda Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Suzak tumanida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasi doirasida muhim obyektlar qurilishini tantanali boshlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etyapti.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi doirasida 10 km.dan uzun bo‘lgan 3 ta tunnel, jumladan:

1-son Norin (Djaman-Davan) tunneli uzunligi – 12,5 km;

Qo‘shto‘ba (Kazarman) tunneli  uzunligi – 13,2 km;

Farg‘ona tog‘ tunneli uzunligi – 12,2 km qurilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishiga “start” berish marosimini 2024-yil 27-dekabr kuni Jalolobod shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur temir yo‘l loyihasining umumiy uzunligi – 532,53 km.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling