Valyuta kurslari 28/04/2025
$1 – 12957.14
UZS – 0,23%
€1 – 14702.47
UZS – -0,1%
₽1 – 156.56
UZS – 0,53%
Qidirish
Iqtisod 27/04/2025 O‘zbekistonda benzin va gaz ishlab chiqarish qisqardi

O‘zbekistonda benzin va gaz ishlab chiqarish qisqardi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil mart oyida O‘zbekistonda benzin, dizel yoqilg‘isi, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi oshgani qayd etildi, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Birinchi chorakda neft qazib olish hajmi 160,8 ming tonnani tashkil qildi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 10,22% kamaygan. Natijada, avtomobil benzini ishlab chiqarish 15,61% ga qisqarip, 304 ming tonnadan iborat bo‘ldi (2023 yilga nisbatan pasayish 21% dan ortiqni tashkil etdi).

Tabiiy gaz qazib olish hajmi ham 2,76% ga kamayib, 11,32 milliard kub metrni tashkil qildi (2023 yilga nisbatan pasayish 8,1%). Biroq, mart oyida oylik qazib olish so‘nggi 3,5 yil ichida ilk bor o‘sish qayd etildi. Gaz kondensati ishlab chiqarish esa 9,4% dan ortiqqa kamayib, 296,6 ming tonnani tashkil qildi.

Yanvar va fevral oylarida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish deyarli 40% ga pasaygan bo‘lsa-da, mart oyida tiklanish kuzatildi — 182 ming tonnani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 14% kam. Bu holat, ehtimol, 3,5 oy davom etgan Uzbekistan GTL zavodidagi rejaviy taʼmirlash ishlari yakunlangani bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, ko‘mir qazib olishda ijobiy dinamika kuzatilmoqda. 2025 yilning birinchi uch oyida 1,21 million tonnadan ortiq ko‘mir ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,2% ko‘pdir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling