O‘zbekiston U-17 JCHda E guruhidan o‘rin oldi
O‘zbekiston U-17 JCHda E guruhidan o‘rin oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Syurix shahrida FIFA shtab-kvartirasida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlariga ko‘ra, turnirning guruh bosqichi tarkibi aniqlandi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi “E” guruhidan joy oldi. Ushbu guruhda jamoa Italiya, Yamayka va Kot-d‘Ivuar milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
2026 FIFA U-17 World Cup 2026 yil 19 noyabrdan 13 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Turnir 48 ta jamoa ishtirok etadigan kengaytirilgan yillik format doirasidagi ikkinchi musobaqa bo‘ladi.
Qayd etilishicha, musobaqani Qatarda o‘tkazish FIFA turnirlarini mamlakatda tashkil etish bo‘yicha amal qilayotgan besh yillik sikl doirasida amalga oshirilmoqda.