“Oʻzbekneftgaz” va CCDC neft va gaz loyihalarini muhokama qilishdi

“Oʻzbekneftgaz” va CCDC neft va gaz loyihalarini muhokama qilishdi

“Oʻzbekneftgaz” va CCDC neft va gaz loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O'zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov hamda Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi — CNPC tarkibidagi burg‘ilash kompaniyasi - CCDC delegatsiyasi o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish joizki, tomonlar Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan dastlabki muzokaralar natijalarini ijobiy baholab, loyiha bo‘yicha shakllangan konstruktiv muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlik muhitini alohida qayd etdi.

Muzokaralar davomida loyihani amalga oshirish bosqichlari, hamkorlik formatlari va texnik yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, CCDC delegatsiyasining loyiha amaliy jihatlarini o‘rganish va kelgusidagi qadamlarni belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni izchil rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish hamda o‘zaro ishonchga asoslangan sheriklikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling