Oʻzbekiston Koreyaning huquq va sunʼiy intellektni raqamlashtirish boʻyicha tajribasini oʻrganib chiqdi

Oʻzbekiston Koreyaning huquq va sunʼiy intellektni raqamlashtirish boʻyicha tajribasini oʻrganib chiqdi

Oʻzbekiston Koreyaning huquq va sunʼiy intellektni raqamlashtirish boʻyicha tajribasini oʻrganib chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Koreya Respublikasining 2025/2026-yillarga mo‘ljallangan KSP (Knowledge Sharing Program) dasturi doirasida joriy yilning 17–23-may kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasida xizmat safari amalga oshirildi.

Dastur davomida Koreyaning qonunchilik tizimi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularga o‘zgartirish kiritishda raqamli texnologiyalardan foydalanish amaliyoti, huquqiy axborotni aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlari hamda ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Xizmat safari doirasida delegatsiya a’zolari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, Konstitutsiyaviy sudi, Hukumat qonunchiligi vazirligi, Koreya huquqiy axborot markazi hamda huquq sohasida dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Dastur doirasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda Koreya huquqiy axborot markazi o‘rtasida huquqiy axborotdan foydalanish va uni tarqatish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, huquq sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Koreyalik mutaxassislar mazkur uchrashuvlar o‘zaro manfaatli bo‘lganini, kelgusida huquq sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling