Baxtiyor Saidov va Muhammad Isʼhoq Dar mintaqaviy kun tartibi va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi
Baxtiyor Saidov va Muhammad Isʼhoq Dar mintaqaviy kun tartibi va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 16 may kuni Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri va senatori Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Tomonlar mintaqadagi joriy vaziyat va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Suhbat davomida Pokistonning tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan diplomatik saʼy-harakatlarining ahamiyati qayd etildi. Tomonlar asosiy mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashib, konstruktiv muloqotni saqlab qolish muhimligini taʼkidladilar.
Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning ijobiy dinamikasi hamda ularni yana-da kengaytirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar markazida savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, shuningdek, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘ldi.
Bundan tashqari, tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish zarurligini, shuningdek, keyingi qadamlarni muvofiqlashtirish maqsadida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida muntazam aloqalarni saqlab turish muhimligini taʼkidladilar.