Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Moliya 15/05/2025 YeTTB Davr Bankga 15 million AQSh dollarigacha kredit liniyasi taqdim etdi

YeTTB Davr Bankga 15 million AQSh dollarigacha kredit liniyasi taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekistondagi mikro, kichik va o‘rta korxonalar (MKO‘K) va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Davr Bank xususiy moliya institutiga 15 million AQSh dollari (13,1 million yevro)gacha bo‘lgan kredit liniyasini taqdim etmoqda.

Ushbu kredit liniyasi ikki qismdan iborat bo‘ladi: birinchisi, 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslar rahbarligidagi yoki ularga tegishli bo‘lgan kichik va o‘rta biznes korxonalariga mo‘ljallangan YeTTBning Markaziy Osiyodagi “Biznesda yoshlar” dasturi doirasidagi 10 million AQSh dollari (8,7 million yevro)gacha bo‘lgan katta kreditdir.

Moliyalashtirishdan tashqari, ushbu yosh tadbirkorlar YeTTBning Kichik biznes uchun maslahat dasturi - Advice for Small Businesses orqali taklif qilinadigan treninglar, maslahat xizmatlari va tarmoq imkoniyatlaridan ham foydalanadilar.

Qolgan 5 million AQSh dollari (4,4 million yevro) barcha turdagi kichik va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi va bunday korxonalar Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotining taxminan 56 foizini tashkil qiladi.

YeTTB bugunga qadar O‘zbekistonda 174 ta loyihaga qariyb 5,6 milliard yevro sarmoya kiritgan boʻlib, mablag‘larning asosiy qismi xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan. Mamlakat so‘nggi besh yildan beri Markaziy Osiyoda YeTTB sarmoyalarining yetakchi oluvchisi bo‘lib kelmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling