Yanvar oyida qancha uzum eksport qilingan?
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar oyida qiymati 3,86 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5 666 tonna uzum eksport qilgan.
Eng ko‘p uzum eksport qilingan davlatlar:
Rossiya – 4 314 tonna
Qozog‘iston – 818,7 tonna
Belarus – 289,8 tonna
Qirg‘iz R. – 202,7 tonna
Boshqa davlatlar – 41 tonna