Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlash arafasida 12-yanvar kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari, harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va noprofessional yuguruvchilarni birlashtirgan “Men G‘olib Run” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
“Men G‘olib Run” – unda yugurish musobaqasida mamlakatning asosiy kuch ishlatuvchi idoralari va harbiy tuzilmalari vakillari eng yaxshilarni aniqlash uchun bir-biri bilan yugurishda bellashadigan O‘zbekistonda o‘tkaziladigan yagona sport tadbiri hisoblanadi. Bundan tashqari, “Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatda yugurish madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida armiyaning obro‘sini oshirish maqsadida havaskor yuguruvchilar ham qatnasha oladigan ochiq tadbirdir. Bu musobaqa orqali professional bo‘lmagan sportchilar ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ommaviy yugurish musobaqasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va kuch tuzilmalari o‘rtasida shosse yugurishi bo‘yicha chempionat doirasida o‘tkazilmoqda. Unda ishtirokchilar ham shaxsiy, ham jamoaviy birinchilik uchu bellashadilar.Musobaqaning ikkinchi bosqichi may oyida, muhim va qadrli sana - Xotira va qadrlash kuni arafasida bo‘lib o‘tadi.
Bu yil “Men G‘olib Run” yugurish musobaqasi ilk bor Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Tadbirning hamtashkilotchisi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, bosh hamkori esa – “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati. Davlat idoralari orasida tashkilotchilar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar hokimligi ishtirok etmoqda.
“Yangi O‘zbekiston” bog‘idan 3 km va 10 km masofalarga 1500 ga yaqin yuguruvchi start oldi. 10 km masofaga 800 dan ortiq ariza kelib tushgani so‘nggi yillarda yugurishning ommalashganidan dalolat beradi. Uzoq masofalarga tayyorgarlik ko‘rish jismoniy va uyg‘un rivojlanish uchun vaqt, kuch va e’tibor talab qiladi hamda yosh va faol avlod orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Vatanparvarlik yugurish musobaqasida “Men G‘olib” o‘tuvchi kubogi uchun kuch tuzilmalarining 7 ta jamoasi va harbiy o‘quv yurtlarining 6 ta jamoasi jamoaviy birinchilik uchun kurashdi. Ular orasida Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi jamoalari ishtirok etdi. O‘quv yurtlari jamoalarini esa Qurolli Kuchlar akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, IIV Akademiyasi, FVV Akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasi instituti kursantlari taqdim etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi kuch va harbiy tuzilmalar rahbariyati – Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sanjar Zuparov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov o‘z xodimlarining jamoaviy ruhini qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyurdi. Shuningdek, musobaqalarning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov va O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov ham ishtirok etdi.
“O‘zbekistonning haqiqiy vatanparvarlaridan bo‘lgan, kechayu kunduz mamlakatimiz osoyishtaligi va farovonligi qo‘riqchisi bo‘lib turgan insonlar bilan bir safda bo‘lish katta sharaf, – dedi tadbirning ochilishida Adham Ikramov. – “Men G‘olib Run” sport yugurish musobaqasi – bu barcha kuch tuzilmalari xodimlari, harbiy idoralar, ularning oilalari va yosh kursantlar, Vatan ravnaqi yo‘lida mashaqqatli xizmat yo‘lini tanlagan harbiy oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga munosib xizmatlari uchun minnatdorlik bildirish imkoniyatlaridan biridir”.
Vatanparvarlar bayramini nishonlash maqsadida “Men G‘olib Run” 3 kilometrlik yugurish musobaqasiga harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillarining oilalari, shu jumladan katta-kichik avlod farzandlari ham qo‘shildilar.
Men G‘olib Run musobaqasining umumiy sovrin jamg‘armasi 76 million so‘mdan oshdi. Ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi: erkaklar va ayollar o‘rtasida 3 va 10 km masofada mutlaq g‘oliblik, erkak va ayol kursantlar o‘rtasida jamoaviy birinchilik, kuch tuzilmalari vakillari orasida erkaklar va ayollar jamoaviy birinchiligi. Tashkilotchilar tomonidan oilaviy yugurish ishtirokchilari hamda 3 va 10 km masofalarda turli yosh toifalaridagi erkaklar va ayollar uchun alohida nominatsiya belgilandi.
"Men G‘olib Run" jamoaviy musobaqasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Shaxsiy birinchilikda g‘alabani quyidagilar qo‘lga kiritdi:
3 km (erkaklar):
3 km (ayollar):
10 km (erkaklar):
10 km (ayollar):