Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 24/04/2025 Yangi bog‘larni barpo etishni moliyalashtirish tartibi belgilandi

Yangi bog‘larni barpo etishni moliyalashtirish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Respublikada yangi bog‘larni barpo etishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirish to‘g‘risida” gi nizom tasdilandi.

Nizomga ko‘ra, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarga tijorat banki tomonidan kredit mablag‘lari Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada milliy valyutada 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.

Kredit mablag‘lari kredit oluvchiga quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

1 bosqichda – yer maydonini ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha;

2 bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha;

3 bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha;

4 bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi.

Bunda yangi bog‘ va uzumzorlarni barpo etish hamda meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosida ko‘zda tutilgan yer maydoniga mutanosib ravishda, ammo 1 gektarga ko‘pi bilan BHMning 500 baravaridan oshmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling