Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Yandex Uzbekistan Zavpravkalar xizmatini ishga tushirdi – yoqilg‘ini kontaktsiz to‘lash endi yanada qulay

Yandex Uzbekistan Zavpravkalar xizmatini ishga tushirdi – yoqilg‘ini kontaktsiz to‘lash endi yanada qulay

Yandex Uzbekistan Zavpravkalar xizmatini ishga tushirdi – yoqilg‘ini kontaktsiz to‘lash endi yanada qulay

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yandex Uzbekistan Zavpravkalar xizmatini ishga tushirdi – yoqilg‘ini kontaktsiz to‘lash endi yanada qulay. Undan Yandex Go super ilovasida yoki Yandex Fuel ilovasida foydalanishingiz mumkin, yaqin orada to‘lov Yandex Maps va Yandex Navigator ilovalarida ham mavjud bo‘ladi.

Yoqilg‘i uchun to‘lovni amalga oshirish: haydovchi ilovada eng yaqin AYoQShni tanlab, marshrutni quradi. So‘ng shaxobcha xaritasini ochib, kolonka raqamini, kerakli miqdorni yoki litrni belgilaydi va to‘lovni tasdiqlaydi. Shu bilan kassaga borish yoki naqd pul qidirishga hojat qolmaydi. Agar shaxobchada hodim bo‘lsa, mashinadan tushish ham shart emas.

15 litr yoqilg‘i yoki 15 m³ gazdan boshlab buyurtma qilganda Yandex Plus obunasi bilan foydalanuvchilar 8% gacha keshbek ballarini olishlari mumkin. Shuningdek, Yandex Taxi bilan hamkorlik qilayotgan haydovchilar Yandex Fuel orqali to‘lov qilganda, 5 oktyabrgacha 5% chegirmaga ega bo‘lishadi. Ijrochilar uchun batafsil ma’lumotni ilovadan topsa bo‘ladi.

Yandex Taxi bilan hamkorlik qilayotgan haydovchilar naqd pulsiz tushumni olgach, yoqilg‘ini o‘z balanslaridan bevosita to‘lashlari mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling