Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
O‘zbekiston 25/11/2024 Yandex Uzbekistan yangi "Lavka" tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi

Yandex Uzbekistan yangi "Lavka" tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahri aholisi va mehmonlari endi 15 daqiqada oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy tovarlar va tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatiga buyurtma berishlari mumkin: hatto yangi qaynatilgan qahvani ham buyurtma qilish imkoniyati mavjud.

Hozirda 3 000 dan ortiq mahsulot va 50 ta tayyor issiq ovqatlardan iborat tanlov taqdim etilgan. Xizmatning o‘ziga xos jihatlari – mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari hamda buyurtma bajarilishining har bir bosqichida sifat nazoratini ta’minlovchi texnologiyalar bilan ta’minlanganligida. Yangi xizmat shahar uchun mo‘ljallangan Yandex Go ilovasini to‘ldiradi.

Buyurtmalar Nukus, Arnasoy ko‘chalari va Chilonzor massivida joylashgan uchta darkstor ― kichik omborlar orqali yetkazib beriladi. Ular har biri darkkitchenlarga ― yetkazib berishdan oldin issiq ovqatlar tayyorlanadigan oshxonalarga ega. Hozirda bir necha turdagi xot-doglar, burgerlar va issiq zakuskalar taklif qilinmoqda. "Lavka" xizmatidan ponchiklar, milksheyklar va issiq qahva ham sotib olish mumkin. 2025 yil oxiriga qadar "Lavka" Toshkent shahrida yana 12 ta darkstor ochishni rejalashtirgan.

"Yandex Lavka" mahalliy korxonalar bilan faol hamkorlik qiladi: xizmatdagi mahsulotlarning asosiy qismi mahalliy ishlab chiqaruvchilarniki bo‘lib, bu ko‘rsatkich yanada ortib boraveradi. Masalan, "Lavka"da Essi sut mahsulotlari va Rozmetov kolbasa mahsulotlarini buyurtma qilish mumkin. Shuningdek, xizmatda yangi sabzavot va mevalar ham mavjud. Mazkur xizmat yangi savdo kanallarini taqdim etish orqali yetkazib beruvchilarga o‘z bizneslarini kengaytirishga yordam beriladi.

Kuryerlar buyurtmalarni piyoda, velosipedda (shu jumladan elektr velosipedlarda) yoki avtomobilda yetkazib berishadi. Buyurtmani bajarish jarayonida kuryerlar baxtsiz hodisalardan sug‘urtalangan.

“Shaharda "Lavka" xizmatining rivojlanishi ombor ishchilari, oshpazlar va darkstorlarning boshqa xodimlari uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, kuryerlar uchun daromad topish imkonini beradi. Xizmatning ish boshlashi bilan 160 dan ortiq ish o‘rinlari paydo bo‘ladi, 2025 yil oxiriga qadar yangi omborlar ochilishi bilan yana 500 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. Har bir darkstorda dam olish zonasi ham mavjud”, – dedi "Yandex Uzbekistan" rahbari Izzat Shukurov.

"Lavka" xizmatidan to‘satdan kelgan mehmonlarni kutib olish yoki uyda muzlatgichni tezda to‘ldirish uchun foydalanish mumkin. Shuningdek, oziq-ovqatlar ratsionini o‘zgartirish va yangi taomlarni tatib ko‘rish istagi paydo bo‘lganida ham ushbu xizmat yordamga keladi. Xizmat foydalanuvchining istaklariga mos ravishda qulay tarzda sozlanadi: o‘tgan xaridlar ro‘yxati va shaxsiy tavsiyalarni ko‘rish mumkin.

Yangi foydalanuvchilar uchun "Yandex Lavka"da birinchi buyurtmaga chegirma taqdim etiladi, shuningdek, birinchi uchta buyurtma bepul yetkazib beriladi.

"Yandex Uzbekistan" sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan mahsulot va xizmatlarni yaratadi. Kompaniya taksiga onlayn buyurtma berish, oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish, bulutli yechimlar, geoxizmatlar, ko‘ngilochar va ta’lim loyihalari kabi sohalarda o‘z xizmatlarini taqdim etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling