Yandex Go Denovda ish boshladi
(photo Yandex Uzbekistan)
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bu — O‘zbekistonda Yandex Go xizmati faoliyat yuritayotgan 18-shahar hisoblanadi. Endi shahar aholisi va mehmonlari qulay ilova orqali oson va tez tarzda taksi buyurtma qilishlari mumkin — buning uchun kerakli tarifni tanlash kifoya.
Xizmatdan foydalanish uchun App Store yoki Google Play orqali Yandex Go‘ning bepul ilovasini yuklab olib, akkaunt ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Sayohat buyurtma qilish uchun manzilni kiritish yoki xarita orqali nuqtani tanlash yetarli. Ilova avtomobil qancha vaqtda yetib kelishini va uni qanday topishni ko‘rsatadi. To‘lovni naqd pulda yoki ilovada bog‘langan bank kartasi orqali amalga oshirish mumkin.
Safarning minimal narxi 3000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, hokimlikdan vokzalgacha bo‘lgan yo‘l taxminan 3500 so‘mni tashkil qiladi.
Yandex Go ilovasi Yandex‘ning texnologiyalariga asoslangan — xaritalar, navigatsiya va buyurtmalar tarqatish aqlli tizimi.
Xizmat Denovdan tashqari Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva, Guliston, Jizzax, Navoiy va Zarafshon shaharlarida ham faoliyat yuritmoqda.