Valyuta kurslari 18/08/2025
$1 – 12547.38
UZS – -0,27%
€1 – 14665.38
UZS – -0,22%
₽1 – 157.02
UZS – -0,46%
Qidirish
O‘zbekiston 14/08/2025 Xorvatiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Xorvatiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro shahrida yashovchi, 1997 y.t., muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxs Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqaroga o‘zini go‘yoki sayyohlik firma vakili sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kiradi.

So‘ngra Xorvatiya davlatida tanishlari borligini aytib, ularni ishchi viza asosida ushbu mamlakatga ishga yuborish evaziga 6000 AQSH dollari talab qiladi.

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKD xodimlari hamkorligida Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 3000 AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Bu kabi firibgarlik holati Namangan viloyatida ham qayd etilib, xususan, Namangan shahrida yashovchi, 1999 y.t. shaxs aldov yo‘li bilan 3 nafar hamshaharining ishonchiga kiradi.

Mazkur shaxs hozirda Xorvatiya davlatida ishlovchi akasining ko‘magida ularni ushbu mamlakatga ishlash uchun yuborish evaziga har biridan 2600 AQSH dollari, jami 7800 AQSH dollari talab qiladi.

Ammo, u Yangi Namangan tumanida ushbu pul mablag‘idan 3900 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling