Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
O‘zbekiston 19/02/2025 Xo‘jalik jamiyati ijro organi, kuzatuv kengashi va majoritar aksiyadorlarning mas’uliyati oshiriladi

Xo‘jalik jamiyati ijro organi, kuzatuv kengashi va majoritar aksiyadorlarning mas’uliyati oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorlarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korporativ munosabatlarni rivojlantirish hamda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Lekin shunga qaramay, xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi a’zolarning majburiyatlarini, majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy majburiyatlarini hamda mazkur majburiyatlar bo‘yicha javobgarlikni belgilashni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati yuzaga kelmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlarga xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi a’zolarining majburiyatlarini, majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy majburiyatlari hamda mazkur majburiyatlar bo‘yicha javobgarlikni aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Munozaralar davomida deputatlar qonun loyihasining ahamiyatiga alohida to‘xtalib, unda nazarda tutilayotgan ayrim normalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi. Loyihada o‘z aksini topgan ayrim normalar bo‘yicha berilgan aniqlashtiruvchi savollarga qonun tashabbuskorlari tomonidan batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi, majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) mas’uliyati oshirilishiga hamda jamiyat va aksiyadorlarning (ishtirokchilarining) manfaatlari himoya qilinishiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling