Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
Moliya 22/11/2024 Xitoyning Eksim banki O‘zbekistonda yangi sanoat loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Xitoyning Eksim banki O‘zbekistonda yangi sanoat loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Xitoy Xalq Respublikasi Eksport-import banki vitse-prezidenti Yang Dongning boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar joriy qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini atroflicha muhokama qildilar va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

 Xitoy tomoni O‘zbekiston hukumati tomonidan Bank tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagani, jumladan, bankning birinchi hududiy vakolatxonasini ochishdagi yordamlashgani uchun minnatdorlik bildirdi. Taʼkidlanganidek, Toshkentdagi mintaqaviy vakolatxonasi Bankning 8 ta davlat, jumladan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyadagi faoliyatini qamrab oladi.

Iqtisodiyotning suv xo‘jaligi, telekommunikatsiya, gidroenergetika va transport kabi tarmoqlarida qo‘shma istiqbolli loyihalar portfelini ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning turli tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini suveren bo‘lmagan asosda kelgusida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha yagona pozitsiyani ishlab chiqdilar.

Bugungi kunga qadar Xitoy Eksim banki ishtirokida umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kimyo sanoati, energetika, transport, axborot texnologiyalari, qishloq va suv xo‘jaligi kabi sohalarda, shuningdek, mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash doirasida 51 ta loyiha moliyalashtirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling