Valyuta kurslari 02/05/2025
$1 – 12900.00
UZS – -0,16%
€1 – 14595.06
UZS – -0,59%
₽1 – 157.32
UZS – -0,81%
Qidirish
Turizm 02/05/2025 Xitoyning Chansha shahrida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” roadshou boʻlib oʻtdi

Xitoyning Chansha shahrida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” roadshou boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 28-aprel kuni "Xitoyda O‘zbekiston turizm yili" doirasida Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida Xunan provinsiyasining Chansha shahrida "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" nomli roadshou-tadbirini o‘tkazdi. Tadbir xitoylik sayyohlarni jalb etish va davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash orqali turizmni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Tadbirda 80 dan ortiq yirik sayyohlik kompaniyalari, shuningdek, Xitoyning Xunan provinsiyasidan mehmonxona biznesi va aviakompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.

Mehmanlarga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, yangi turistik mahsulotlar va yo‘nalishlar taqdim etildi, shuningdek, Namangan va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan ijodiy jamoalarning chiqishlari namoyish qilindi.   

Roadshow yakunida ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu muzokaralar davomida Xitoyning Xunan provinsiyasidan sayyohlarni qabul qilishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling