Xitoylik investorlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 09/09/2025
$1 – 12439.41
UZS – -0,65%
€1 – 14583.96
UZS – -0,34%
₽1 – 151.87
UZS – -1,19%
Qidirish
Xitoylik investorlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor

Xitoylik investorlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor

Xitoylik investorlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida sog‘liqni saqlash, qurilish, geologiya, transport va moliya sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi Xitoy kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “China Railway 20th Bureau Group”ning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakillari, “China Construction Bank International” prezidenti, “Huaxia Bank” prezidenti, “IBN Public Welfare Foundation” fondi kengashi raisi, “Shangxiang Xingzuo Entertainment Group” kompaniyasi boshqaruvi raisi hamda boshqa delegatlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining investitsiyaviy muhiti, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, investitsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid amaliy tavsiyalar taqdim etilib, bu Xitoy hamkorlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tomonlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratdilar. O‘tkazilgan muzokaralar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ikki tomonlama investitsiyalar hajmini oshirish hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling