Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Zhongke Shangsheng New Energy Vehicle” kompaniyasi rahbari Li Min boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyatimiz hududida besh yulduzli mehmonxona qurish loyihasi muhokama qilindi.
Viloyatimizda zamonaviy mehmonxonalarga talab ortib borayotganligini ta‘kidlagan viloyat hokimi, bu boradagi istiqbolli loyihalar qo‘llab-quvvatlanishini ma‘lum qildi.
Muloqot davomida xitoylik investorlar mehmonxona uchun maqbul joylarni ko‘zdan kechirishlari va loyihaning aniq konsepsiyasi hamda uni amalga oshirishning reja-jadvali ishlab chiqilgach, yaqin kunlarda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.