Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Xitoy delegatsiyasi "Chirchiq" texnoparkining investitsiyaviy salohiyatini yuqori baholadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Texnopark rezidenti "STANDARTPLAST" MCHJ QK kompaniyasi Xitoy Xalq Respublikasidan hamkorlarining delegatsiyasini qabul qildi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkining investitsiyaviy salohiyati bilan ham tanishib, texnopark rahbariyati va mutaxassislari bilan hamkorlik istiqbollari, kimyo va sanoat sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Texnopark o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ochiq bo‘lib, yuqori texnologik sohani rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan salohiyatli investorlar bilan faol muloqotni davom ettirmoqda.