Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatori IT Park Uzbekistan’ga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 29-aprel kuni Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatori Ruslan Kuxaruk boshchiligidagi delegatsiya IT Park Uzbekistan’ga tashrif buyurdi. Tashrif ikki tomon o‘rtasida raqamli sohadagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilishdan iborat edi.
Tashrifning dastlabki qismida mehmonlar Ustudy IT akademiyasidagi mutaxassis tayyorlash tizimi, milliy kiberxavfsizlik sohasida muhim rol o‘ynayotgan UZSOC hamda Yagona integrator — UZINFOCOM faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Taqdimotlarda sun’iy intellekt, raqamli yechimlar va intellektual infratuzilmalar yaratishga qaratilgan ilg‘or loyihalarga alohida urg‘u berildi.
Uchrashuvning asosiy qismida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatori Ruslan Kuxaruk o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistondagi raqamli infratuzilmani rivojlantirish, IT sohasida kadrlar tayyorlash, startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikda akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolariga IT Park Uzbekistan faoliyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, asosiy strategik yo‘nalishlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot namoyish etildi.
Taqdimotda ayni paytda IT Park Uzbekistan hududida Rossiyaning 100 dan ortiq IT kompaniyasi IT Park rezidenti sifatida faoliyat yuritayotgani va ularning faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflarga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida raqamli transformatsiya sohasida IT ta’lim, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik kabi muhim yo‘nalishlarda tajriba almashish, shuningdek, ikki qo‘shma raqamli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.