Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 14/03/2025 Vyacheslav Volodin Toshkentdagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Vyacheslav Volodin Toshkentdagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Davlat Dumasi Raisi  Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida oliy martabali mehmon halok bo‘lgan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirgan holda “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Mehmonlarga yodgorlik majmuasining mazmun-mohiyati, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan sarkarda ajdodlarimiz tarixi haqida so‘zlab berildi.

Delegatsiya a’zolari muzeyning boy ekspozitsiyasi bilan tanishdilar. Ularda majmuaning g‘oyaviy va me’moriy yechimlari katta taassurot qoldirdi.

Delegatsiya a’zolarining tashrifi davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling